TerDUda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida hashar tashkil etildi.

2021-yil 30-dekabrdagi "Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoniga muvofiq, yurtimizda daraxtzorlarni ko‘paytirishga qaratilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi joriy etildi.

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari keng quloch yozmoqda. Shu maqsadda Termiz davlat universiteti jamoasi ham ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish, yashil maydonlarni kengaytirish kabi xayrli ishlarda o‘zining faol hissasini qo‘shishni maqsad qilgan. 

Mazkur jarayonlarda universitet mehnat jamoasi ham alohida faollik ko‘rsatgan holda bugun erta tongda universitet qoshidagi akademik litsey hududida hashar o‘tkazildi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi N.Oblomuradov, Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov, nuroniylar, oliygohning professor-o‘qituvchilari va volontyor talabalar ishtirok etishdi.

Loyiha doirasida kuzgi ko‘chat ekish mavsumida va iqlim sharoitidan kelib chiqib akademik litsey hududida 300 dan ortiq manzarali, mevali ko‘chatlarini ekish jarayonlari bo‘lib o‘tdi, shuningdek, ularni parvarishlash bo‘yicha ekspert-mutaxassislar maslahati va tavsiyalari asosida tadbirning barcha qatnashchilari faol ishtirok etishdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, “Dolzarb 40 kunlik” tadbir doirasida TerDUda umumiy hisobda 3400 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini hamda terak qalamchalari ekish rejalashtirilgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 47

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 67

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 47

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil