Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Unda universitet xotin-qizlar kengashi aʼzolari, Termiz shahar harbiy qism xizmatchilari kichik serjantlar N.Samandarov, va A.Toshniyozov oddiy askarlar A.Rajabov hamda M.Amonboyev, shuningdek, professor o‘qituvchilar, tyutorlar va talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda gender zo‘ravonlik, xotin-qizlarga nisbatan tahdid, tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar olib borilayotgani, ulardan ko‘zda tutilgan maqsad ayollar haq-huquqlari poymol etilishiga barham berish ekanligi misollar yordamida tushuntirildi va yakunida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarga taqdim etildi.
Bizni kuzatishda davom eting!