Prezidentning 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yana-da samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 46-son Farmoni bilan butun mamlakat miqyosida "Yashil makon" umummilliy loyihasi tatbiq etilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun Termiz davlat universitetida 1000 dan ortiq terak qalamchalar, archa va manzarali daraxtlari ekilib, obodonlashtirildi.
Ushbu tashabbus doirasida universitet rahbariyati xodimlari, professor-o‘qituvchilar, tyutor va talaba-yoshlar faol ishtirok etishib, tabiatni yashnatishda o‘z hissasini qo‘shishdi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekiladigan daraxtlar zaminimizni yashillikka burkaydi, chiroyiga chiroy qo‘shadi va minglab kishilarning sog‘lig‘ini himoya qiladi.
Shuni unutmaslik kerakki, tabiatni asrash o‘zimizdan boshlanadi!