Viloyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasini”ning 3-18-bandlarini ijrosini taʼminlash yuzasidan ishlab chiqilgan targ‘ibot-tadbirlar rejasiga asosan Termiz davlat universitetida uchrashuv tashkil etildi.
Unda universitet Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Shofiyev, viloyat IIB TEQKB masʼul xodimi I.Suyunov, “Fozil Ota” masjidi imom-xatibi D.Boboqulov tyutor va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlarga “Ekstremistik va terroristik tashkilotlarining niyatlari g‘arazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati”, shuningdek, “Ekstremistik va terroristik xatti-harakatini huquqiy va salbiy oqibatlari” kabi mavzularda maʼruza qilindi.
Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!