Bugun Termiz shahrining “Alpomish” o'yingohida Universiada-2022 sport musobaqalari doirasida sportning futbol turi (o‘g‘il bolalar) bo‘yicha hududiy saralash musobaqalari start berildi.
Hududiy saralash bosqichning ilk kunida futbol sport turi bo'yicha bo'lib o'tgan o'yinda Qashqadaryo va Surxondaryo terma jamoalari qatnashdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra 2:1 hisobi bilan Surxondaryo terma jamoasi g'alaba qozondi.
Universiada-2022 hududiy saralash bosqichi musobaqalari ertaga ham davom etadi. Ertangi musobaqa Surxondaryo va Samarqand terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.
Bizni kuzatishda davom eting!