PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi tayanch doktoranti Eshkurbonov Sirojiddin Bozorovichni Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli Ilmiy kengashda t.f.d.,prof. E.O.Qobulov ilmiy rahbarligida 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligi bo‘yicha “Surxon vohasi aholisining xo‘jalik-madaniy hayotida an’analar va zamonaviylik (dehqonchilik misolida)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Sirojiddin Bozorovichni ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimlarining safi kengayaversin
Bizni kuzatishda davom eting!