O‘zbekiston Respublikasining “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz davlat universitetida “Volontyorlar markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda TerDU Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Shofiyev, Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasidan taʼlim muassasalari bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i B.Mirsaidov hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi I.Tolipov va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar hamda yangicha loyihalar, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosati haqida aytishib, “Volontyorlik markazlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartiblari to‘g‘risida maʼlumot berildi.