Termiz davlat universitetida O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va sheʼriyatga ixlosmand talabalar ishtirok etgan ushbu uchrashuv tom maʼnoda adabiyot bayramiga aylanib ketdi.
Uchrashuvda so‘z olganlar shoirning ijodi, uni o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni va yosh avlodni vatanparvar etib tarbiyalashda Usmon Azim asarlarining ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, universitetning sheʼrga ixlosmand talabalari shoirning qalamiga mansub sheʼrlaridan o‘qib, sheʼriyatga oshifta qalblar olqishiga sazovor bo‘ldilar.
Tadbir yakunida shoirning betakror asarlari va oliygohga tashrifi uchun minnatdorchilik yuzasidan rahbariyat tomonidan esdalik sovg‘a topshirildi.
Shoirlar bilan bo‘ladigan bu kabi uchrashuvlar yoshlarda adabiyotga, sheʼriyatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!