Termiz davlat universitetida ILM.UZ IT akademiyasining yangi filiali o‘z faoliyatini boshladi

Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda.

Yoshlarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish ularning ushbu sohadagi salohiyatini yana-da rivojlantirish maqsadida Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetida ILM.UZ IT akademiyasining yangi filiali o‘z faoliyatini boshladi.

IT akademiyasining ochilishi marosimiga universitet rektori Avazjon Maraximov tashrif buyurdi va yoshlarning taʼlim olishi uchun yaratilib berilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, shuningdek, jadallik bilan rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari sohasi haqida kengroq maʼlumot berdi. Shundan keyin ILM.UZ asoschisi Magdiyev Shahzod akademiya haqida, uni tashkil etilishidan asosiy maqsad, undagi imkoniyatlar va akademiyada o‘qishning tartibi haqida batafsil maʼlumot berdi.

Shuningdek tadbirda akademiyada 6 oy davomida tahsil olgan dastlabki 14 nafar bitiruvchi talabalar sertifikat bilan taqdirlandi. So‘ngra ochilish marosimiga tashrif buyurganlar akademiya bilan kengroq tanishdi.

Maʼlumot o‘nida aytib o‘tamiz-ki, akademiyada:

1. Dasturlash [FRONTEND, BACKEND (PYTHON), TELEGRAM BOT (PYTHON)] kursida 3-6 oy davomida;

2. Tarmoq va tizim administratorligi (“CISCO SERTIFIED NETWORK ASSOTSIATE ROUTING&SVITCHING”, “LINUX SYSTEM ADMINISTRATION”) kursida 6 oy davomida;

3. Yosh avlod uchun yangi metodologiya va dastur asosida o‘tiladigan bolalar uchun dasturlash kursida 5 oy davomida;

4. Kompyuter savodxonligi kursida 3 oy davomida;

5. Kompyuter, printerlarni taʼmirlash va kamera o‘rnatish (sozlash) kurslarida 3 oy davomida tahsil olishadi. Dars mashg‘ulotlari yuqori malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

Ushbu akademiyada yetishib chiqqan kadrlar, Surxondaryo vohasini IT sohasini rivojlanishda o‘z hissasini qo‘shadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 48

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 68

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 47

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil