PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
TerDU Jahon tarixi kafedrasi o'qituvchisi Umarov Ikromjon Ibragimovichni Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli Ilmiy kengashning 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligi bo‘yicha “Ko‘hitangtog‘ qishloqlari aholisi nomoddiy madaniyatining etnik va lokal xususiyatlari” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Ikromjon Ibragimovichni ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimlarining safi kengayaversin
Bizni kuzatishda davom eting!