Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi TerDU bitiruvchi kurs talabalarga o‘quv seminar o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 3-bandiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun masʼul ekanligi belgilangan.   

Shunga ko‘ra, oliy taʼlim muassasasi bitiruvchi bosqich talabalarini bo‘sh vakant ish o‘rinlari, davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish tartibi va davlat fuqarolik xizmatchilariga yaratilayotgan qulayliklar hamda imkoniyatlar bilan tanishtirish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Surxondaryo viloyati filiali masʼul xodimlari tomonidan Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti bitiruvchi kurs talabalari uchun seminar-trening o‘tkazildi.  

Unda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali bosh inspektori I.Karimov, yetakchi inspektorlari B.Davlatov va A.Narzullayevlar hamda TerDU Marketing va talabalar amaliyot bo‘limi boshlig‘i A.Toshev ishtirok etdi.  

Seminar davomida davlat xizmatiga ishga kirish tartiblari, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining ochiq portali vacancy.argos.uz orqali amalga oshirilgan ishlar va ushbu portaldan foydalanish tartibi, shuningdek, ochiq mustaqil tanlovlar tashkil etilishining huquqiy asoslari, mexanizmlari va bosqichlari, eʼtibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy jihatlar hamda tanlov g‘oliblari bilan ishlash usullari to‘g‘risida qisqacha maʼlumotlar berildi. Bundan tashqari joriy yilning 8 avgust sanasida Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati haqida kengroq maʼlumot berildi.  

 Yakunida bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 48

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 68

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 47

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil