Joriy yilning 17-21 oktabr kunlari Toshkent sharida Innovatsion rivojlanish vazirligining "InnoWeek - 2022" Innovatsion g'oyalar haftaligi bo'lib o'tmoqda.
Unda Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor O'.Xoliyorov, Xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor M.Xoshimxo'jayeva, Ilmiy- innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi menejeri F.Tursunniyozov va marketologi, S.Normuminovlar ham ishtirok etdi.
Forumning maqsadi oliy ta’lim muassasalarning ilmiy va innovasion g'oyalari bilan tanishish, tajriba almashish va birgalikda sohaga doir muammolar yechimini ko'rib chiqish, shuningdek, moliyaviy mustaqillikka erishgan universitetlarning o‘z-o‘zini boshqarishda duch kelayotgan muammolarga oydinlik kiritish hamda xorijiy ekspertlar tajribalarini o‘rganish. 
Shuni ham ta'kidlash joizki, TerDUning professor-o‘qituvchilari va iqtidorli yoshlari ham o‘zlarining innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etmoqda.