Til har bir millatning tarixini, madaniyatini hamda qadriyatlarini bugungi va kelajak avlodga yetkazadigan eng muhim vositalardan biri hisoblanadi. Til - ko‘ngilning oltin kaliti, nutq vositasi bo‘libgina qolmay davlatning timsoli va mulkidir.
21-oktabr “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan” kun. Ushbu kuni mamlakatimiz miqyosida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Termiz davlat universiteti Axborot resurs markazida O‘zbek filologiyasi fakulteti tomonidan “Qadring baland bo‘lsin – ona tilim!” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.
Unda fakultet dekani hamda professor-o‘qituvchilari va faol talaba yoshlari ishtirok etdi.
Tadbirda Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Ogahiy, Avloniy, Cho‘lpon singari buyuk bobolarimiz ona tilimizda ijod qilganliklari haqida aytib o‘tildi. G‘azal, ruboiy va go‘zal raqslarga boy bo‘lgan kecha barchaga manzur keldi.
Bizni kuzatishda davom eting!