"Zakovat" intellektual o‘yinining universitet finalida ishtirok etuvchi jamoalarning barchasi aniqlandi.

Universitetda "Zakovat" intellektual o‘yinining 4-guruh o‘yin g‘olibi aniqlandi. Ushbu guruhda O’zbek filologiyasi, Rus filologiyasi, Xorijiy filologiya, Tarix va Yuridik fakultetlarining talaba-yoshlaridan iborat jamoalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

4-guruhda ishtirok etgan jamoalarning bilimdonlik darajasi, intellektual salohiyati yuqoriligi bilan boshqa guruh o‘yinlaridan ajralib turdi.

Murosasiz kechgan bilimlar bellashuvida Tarix fakulteti jamoasi so‘nggi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu o‘yin so‘ngida ishtirokchilarga universitet rahbariyatining diplom va faxriy yorliqlari taqdim etildi.

 

 "Zakovat-2021" intelektual o‘yinining finalida ishtirok etuvchi jamoalar
-  Fizika-matematika fakulteti jamoasi
-  Milliy libos fakulteti jamoasi
-  Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi
-  Tarix fakulteti jamoasi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 38

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 52

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 36

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil