Til – har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat tarixi va madaniyatini aks etiradigan hamda o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan zaboniga ega.
Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. O‘zbek xalqining ona tilisi bu – o‘zbek tilidir. U O‘zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining muhim omili hisoblanadi. O‘zbek xalqining, uning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilining har tomonlama rivojlanishini taʼminlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish muhim vazifadir.
1989-yilning 21-oktabr “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan” kun hisoblanadi, shu munosabat bilan Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiya fakultetida “Qadring baland bo‘lsin – ona tilim!” deb nomlangan foto chellenj o‘tkazildi.