O‘zbek tilim - o‘zligim

Ona tilimizga eʼtiborni, mehr-muhabbatni kuchaytirish, tilimizni mukammal bilishga, milliy o‘zlikni anglashga, qadriyatlarni eʼzozlashga hamda ona tili millat maʼnaviyatining ko‘zgusi ekanligini uqtirish maqsadida Termiz davlat universiteti Axborot resurs markazida "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi" berilganligining 33 yilligiga bag‘ishlab "O‘zbek tilim-o‘zligim" nomli adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Unda Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani N.Achilov, Boshlang‘ich taʼlim kafedrasi mudiri D.Kadirova va o‘qituvchisi K.Temirovalar hamda faol talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Kecha davomida iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan go‘zal sheʼrlar, kuy-qo‘shiqlar hamda ajoyib sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 49

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 68

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 47

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil