Ozarbayjonda safarda bo‘lib turgan universitetimiz delegatsiyasi Bakudagi bir nechta oliy ta’lim muassasalari va ilmlar akademiyasida bo‘lishib, u yerdagi hamkasblari bilan hamkorlikdagi aloqalarni kelishib olishdi.
Dastlabki manzil Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti bo‘ldi. Ta’lim muassasasining vakillari bilan bo‘lib o‘tgan samimiy muloqot tanishuv, hamkorlikdagi ilmiy, o‘quv va talaba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlandi.
Ikki tomonlama kelishuvlardan so‘ng delegatsiya a’zolari universitetdagi professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan yaqindan tanishishdi. Bir olam taassurotlardan so‘ng yakunda tomonlar kelgusidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kelishib oldilar.