Tabiatni saqlash, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish bugungi kunda dunyo miqyosida eng global muammolardan biri hisoblanadi. Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida "Biologiyaning zamonaviy tadqiqotlari: muammo va yechimlari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkillashtirildi.
Unda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.To'rayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O‘.Xoliyorov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi A.Azimov ishtirok etishdi.
Konferensiyada taʼlimni tashkil etish bilan birga o‘qitish metod va texnologiyalarini tanlash, ulardan unumli foydalanish, taʼlimning sifat va samaradorligini oshirish jarayonida erishilayotgan yutuqlar, muammolar ularning yechimlariga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari bilan tanishdilar.
Ushbu ilmiy konferensiya ertaga ham davom etadi.