Talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida “Zakovat" intellektual o’yini tashkil etildi.
Unda fakultetning 1- va 2-kurs talabalaridan iborat jamoalari ishtirok etishdi.
Qizg’in o’yin yakunida “Zukkolar” hamda “Bilimdonlar” jamoasi yuqori o’rinlarni qo’lga kiritdi. G’oliblar diplom hamda esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.