“Keksasi bor uyning farishtasi bor”

Xalqimizning “Keksasi bor uyning farishtasi bor”, “Qarisi bor uyning – parisi bor”, “Qarilikni donolik bezar” degan hikmatli naqllari bor. Bu bejiz emas, albatta. 

Ana shu olijanob qadriyat, fazilat bugun davlatimiz siyosatida ham oʼz ifodasini topganligidan barcha mamnun.

Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida “Keksalar haftaligi” munosabati bilan keksalarni eʼzozlash va qadrlash maqsadida fakulteti yoshlar maʼnaviy maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, tyutor hamda talabalar birgalikda Termiz shahar Bog‘ishamol mahallasida istiqomat qiluvchi 88 yoshli Aymoqova Mang‘it momoning xonadonida bo‘lishdi.

Bunday eʼtibordan xursand bo‘lgan nuroniy onaxon mehmonlarni yuzida tabassum bilan qarshi oldi va ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi va mehridan cheksiz minnatdor ekanliklarini izhor etib, yurtimiz tinchligi va barqarorligi abadiy bo‘lsin deb mehmonlarni duo qildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 49

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 68

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 47

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil