O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada-2022” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida”gi va viloyat hokimining 2022 yil 11-avgustdagi bayonnomasiga asosan "Universiada-2022" sport musobaqalari doirasida sportning futbol turi (o‘g‘il bolalar) bo‘yicha saralash musobaqalarining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatdagi 6 ta OTMlarining jamoalari ishtirok etishdi. Murosasiz bahslardan so‘ng g‘oliblar aniqlandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rinni Termiz davlat universiteti jamoasi;
2-o‘rinni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi;
3-o‘rinni Termiz davlat pedagogika instituti jamoalari egalladi.
Bizni kuzatishda davom eting!