Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-sentabrdagi tegishli bayoniga asosan, joriy yilning 3-9-oktyabr kunlari “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda.
Mazkur haftalikda TerDU jamoasi ham faollik ko‘rsatishmoqda. Tabiiy fanlar fakulteti tyutori Q.Shaharov tashabbusi bilan fakultet jamoasi va talabalari Termiz shahar Bogʻishamol mahallasida istiqomat qiluvchi 80 yoshli I.Xajayev xonadonida bo‘lishdi.
Bunday e'tiborni ko'rgan nuroniy otaxon mehmonlarni yuzida tabassum bilan qarshi oldil va yuksak e'tibor, gʻamxoʻrlikdan cheksiz minnatdor ekanliklarini izhor etib, yurtimiz tinchligi va barqarorligi abadiy bo‘lsin deb mehmonlarni duo qildi.
Bizni kuzatishda davom eting!