TerDUda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25-iyuldagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada-2022” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida”gi va viloyat hokimining 2022 yil 11-avgustdagi bayonnomasiga asosan "Universiada-2022" sport musobaqalari doirasida sportning gandbol hamda basketbol sport turlari bo‘yicha qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida saralash musobaqalarining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatdagi 6 ta OTMlarining jamoalari ishtirok etishdi. Murosasiz bahslardan so‘ng g‘olib bo‘lgan jamoalar aniqlandi.
Gandbol sport turi bo‘yicha yakuniy natijalarga ko‘ra qiz bolalar o‘rtasida:
1-o‘rinni Termiz pedagogika instituti jamoasi;
2-o‘rinni Termiz davlat universiteti jamoasi;
3-o‘rinni Termiz muhandislik-texnologiya instituti jamoasi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rinni Termiz davlat universiteti jamoasi;
2-o‘rinni Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi;
3-o‘rinni Termiz muhandislik-texnologiya instituti jamoasi egalladi.
Basketbol sport turida yakuniy natijalarga ko‘ra qiz bolalar o‘rtasida:
1-o‘rinni Termiz pedagogika inistituti jamoasi;
2-o‘rinni Termiz davlat universiteti jamoasi;
3-o‘rinni Termiz muhandislik-texnologiya instituti jamoasi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rinni Termiz davlat universiteti jamoasi
2-o‘rinni Termiz pedagogika inistituti jamoasi.
3-o‘rinni Termiz muhandislik-texnologiya instituti jamoasi jamoasi egalladi.