26 nafari nomzodlar TerDUga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilindi

Termiz davlat universitetida Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo’lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi. 

Suhbat jarayoni to‘liq videokuzatuv ostida bo‘lib o‘tdi hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyati, belgilangan bakavariat ta’lim yo‘nalishini tanlashdan asosiy maqsad,  belgilangan bakavariat ta’lim yo‘nalishiga mos mehnat faoliyati davomida erishgan yutuq va natijalari, belgilangan bakavariat ta’lim yo‘nalishi sohasida bilim va kasbiy ko‘niklamalarining mavjudligi bo‘yicha 100 ballik tizimda baholandi.

Suhbat jarayonlaridan 30 nafar nomzoddan 26 nafari fuqarolar ishtirok etishdi hamda Termiz davlat universitetiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 49

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 68

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 47

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil