Til bilish bugungi kuning eng muhim talablaridan biri. 

Chet tillariga qiziquvchi yoshlar uchun Termiz davlat universitetida ilk bor ingliz tilida mahoratli, tajribali expertlar tomonidan "English Master-Class" tashkil etildi. 

Master klassda ko‘p yillik tajribaga ega expert, ELITES akademiyasi rahbari D.Ismatov hamda Prezident davlat stipendiyasi sohibi A.Esanov talaba-yoshlar bilan "Qanday qilib grant yutib, chet elda o'qish sirlari" haqida suhbatlashib IELTS haqidagi o‘z bilim va ko‘nikmalarini bo’lishdi.

Tadbir so‘ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi hamda tashkilotchilar va spikerlar maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 Shuningdek, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida, rektor buyrug'iga asosida bu kabi ingliz tilidagi master klass darslari har oy oliygohda o’tkazilishi belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 49

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 68

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 47

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil