Yosh olimlar taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-yil 27-yanvardagi 03-51/511-sonli xatiga asosan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish” maqsadida bir guruh professor-o’qituvchilari Belorussiya Milliy Fanlar Akademiyasi ilmiy kadrlar tayyorlash institutiga 2022-yil 30-avgustidan – 2022-yil 1-oktabr kuniga qadar ilmiy safarga yuborilgan edi.

Belorussiya Milliy Fanlar Akademiyasining Yakuba Kolasa nomidagi tilshunoslik institutiga Rus tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Kamalov Umid Achilovich, Organik va fizikaviy kimyo institutiga Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori dotsent Kasimov Sherzod Abduzairovich, Markaziy Botanika bog‘iga Zoologiya kafedrasi dotsenti Abdulazizova Shoira Karimovna va 2-kurs tayanch doktoranti Allayarov Sirojiddin Kamolovich hamda Botanika kafedrasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi, dotsent Begmatov Abdusamat Mamatqulovichlar ilmiy stajirovkaga o’tab qaytdi.

Satjirovka o’tagan professor-o’qituvchilar Belorussiya Milliy Fanlar Akademiyasi rahbariyati tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 49

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 68

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 48

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil