O‘quv metodik Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

2022 yil 27-sentabr kuni Rektorat majlislar zalida Termiz davlat universitetining o‘quv metodik Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilishga O‘quv ishlari prorektori, o‘quv metodik Kengash raisi R.To‘rayev raislik qildi.
Kengashda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari; Vazirlar Mahkamasining qarorlari; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va Hay’at qarorlarini, Termiz davlat universiteti rektori buyruqlari va Kengash qarorlarining ijrosini ta’minlash, HEMIS OTM tersu.uztarmog’ida dars jadvali bo‘limidan professor-o‘qituvchilarning dars o‘tishi, davomat jurnali va baholash jurnalini rasmiylashtirish holatini o‘rganish natijalari, sirtqi va kechki ta’lim yo‘nalishlari o‘quv shakllari o‘quv jarayoni jadvallarini tasdiqlash, kafedralar kesimda fanlardan fan dastur(SYLLABUS)lari monitoringi, nazorat ishlari va o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha   ko‘rsatmalarning ijrosini ta’minlash, “Sifat komissiyasi” ning tahlillari, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini nashr etish tartiblari kabi masalalar muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 49

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 68

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 48

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil