Ayni kunlarda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining “TRIGGER - Markaziy Osiyoda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash uchun qulay muhit yaratish orqali universitet talabalari o‘rtasida innovatsion yondashuvlar, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Avstriyaning Vena shahrida joylashgan Amaliy fanlar universitetida “Tadbirkorlik ta’limini samarali tashkil qilish borasida oliy ta’lim muassasalari vakillarini tayyorlash” mavzusidagi seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.
Seminar-treningda TerDU Xorijiy filologiya fakulteti dekani, PhD Abdulla Xudaykulov, Iqtisodiyot va turizm fakulteti professor-o‘qituvchilari PhD Ulug‘bek To‘lakov va DSc Shavkat Otamurodovlar ishtirok etmoqda.
Seminar-treningda oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarida tadbirokorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish orqali ularning ish bilan ta’minlanishlariga ko‘maklashishi, tadbirkorlik asoslari va uni o‘qitish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlar hamda kelajakdagi chora-tadbirlar borasida xalqaro tajribalar o‘rganilmoqda.
Seminar-treningda Termiz davlat universiteti olimlari bilan bir qatorda O‘zbekistonning Toshkent Transport universiteti, Jizzax Politexnika instituti, Namangan muhandislik iqtisodiyot instituti, Markaziy Osiyoning Qozog‘iston, Tojikiston, Yevropaning Slovakiya, Gresiya, Fransiya davlatlarining nufuzli oliy ta’lim muassasalari olimlari ishtirok etishmoqda.
Seminar-trening joriy yilning 1-oktabr sanasiga qadar davom etadi.