Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, bezorilik, o‘g‘rilik hamda firibgarlik kabi yomon illatlarni bartaraf etish maqsadida Termiz davlat universitetida Termiz shahar Sudi masʼul xodimlari tomonidan yoshlar hamda talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida talabalarga jinoyatchilikning yomon oqibatlari, jinoyat sodir etgan hamda sudlangan shaxslar uchun sud tomonidan chiqarilgan hukmlar va ish bo‘yicha chiqarilgan xususiy ajrimlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!