Termiz davlat universitetida talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligiga bagʻishlab "Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!" mavzusida onlayn insho, rasm, she’r va qo‘shiqlar (o‘z muallifligidagi audio formatda) tanlovi e’lon qilingan edi.
Bugun mas’ul ishchi guruhning yakuniy xulosasiga koʻra g‘olib deb topilgan talabalarning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Eslatib oʻtamiz tanlov g'oliblari Termiz davlat universiteti tomonidan I, II, III darajali diplom va har bir yo‘nalish bo‘yicha quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi:
1-oʻrin uchun 1 000.000 soʻm;
2-oʻrin uchun 800.000 soʻm;
3-oʻrin uchun 600.000 soʻm.
Bizni kuzatishda davom eting!