TerDU o‘qituvchilari malaka oshirish kurslarida

2022-yil 9-17-sentyabr kunlari Termiz davlat universitetining Xorijiy filologiya fakulteti professor-o’qituvchilari Yevfrosin nomidagi Polotsk davlat universitetida “Talabalarga ta’lim jarayonida o‘qitishning innovatsion usullari va texnologiyalari” amaliyot o‘quv dasturi doirasida malaka oshirish kurslarida qatnashdi.

Amaliyotning maqsadi o'qituvchining kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish: o'quv jarayonini monitoring qilish, xorijiy tillarni o'qitishda innovatsion kommunikatsiya texnologiyalari va faol usullardan foydalanish tajribasini o'rganish, talabalarning nazorat ostida mustaqil ishlarini tashkil etish.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari universitet rahbariyati bilan uchrashib, universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash sharafiga mezbonlarga o‘zbek milliy libosi ko‘rinishidagi ramziy sovg‘a taqdim etishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 49

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 68

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 48

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil