Ayol — jamiyat koʻzgusi, millat tarbiyachisi. Uning mehr-muhabbati kelajagimiz egalarining jonajon Vatanimiz ravnaqi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi yoʻlida sadoqat bilan xizmat qiladigan barkamol insonlar sifatida voyaga yetishida muhim omil hisoblanadi.
TerDU Axborot texnologiyalari fakulteti kengashlar zalida Respublika Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari O.Parbiboyeva, Surxondaryo viloyati hokimining oila va xotin-qizlarni masalalari qoʻmitasi raisi Z.Xidirova, TerDU Xotin-qizlar masalalari bo’yicha Kengash raisi D.Hamzayeva hamda viloyatimizning faol ayollari, olimalari hamda talaba-qizlar ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda bugungi kunda jamiyatda yangi ma’naviy makon yaratishda xotin-qizlarning faolligini qo‘llab-quvvatlash, farzand tarbiyasi, oila, xotin-qizlar ma’naviyatini yuksaltirishda jamoatchilikka, eng avvalo, yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan obro‘-e’tiborli va katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, faol va tashabbuskor ayollarning sa’y-harakatlarini birlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etishning chora-tadbirlari, ushbu harakat faoliyatini kengaytirish maqsadida OTM olima ayollari va talaba-qizlarini ko'proq jalb qilish to'grisida fikrlar bildirildi.
Yig’ilish so’ngida ayollar tomonidan berilgan takliflar inobat olinib, kerakli vazifalar belgilab olindi.