Bugun Termiz davlat universitetida Axborot texnologiyalar fakulteti uchun mo‘ljallangan 7 qavatli 1 850 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy yangi binoning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, viloyat hokimi To‘ra Bobolov, universitet jamoasi va faxriylari, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova hamda talabalar ishtirok etdi.