Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov hamda O'quv ishlari bo’yicha prorektor R.To’rayev, Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor O.Shofiyev ishtirokida Tarix, Yuridik va Ijtimoiy fanlar fakultetning 1-kurs talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastlab, universitet rektori A.Maraximov so’zga chiqib, yurtimiz mustaqilligining 31 yilligi, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Shuningdek, yoshlar uchun yaratilgan imtiyozlar va yangicha loyihalar haqida, kredit-modul tizimi va Hemis platformasi to'g'risida, universitetda yaratilayotgan shart-sharoitlar, tashkil etilayotgan tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar hamda faol talabalarni rag'batlantirishlar haqida aytib o’tildi.
Uchrashuv yakunida talabalari tomonidan berilgan takliflar inobatga olinib, tegishli tavsiyalar berildi.