Termiz shahrida tashkil etilayotgan "InnoWeek.UZ-2022" innovatsion g‘oyalar haftaligi hamda “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni o‘zida yoshlarni, oliy ta’lim muassasalarini, yirik ishlab chiqarish korxonalari va barcha tuman (shahar)dagi investitsiya korxonalarini bir joyda jamladi.
Ushbu ko‘rgazmada Termiz davlat universitetining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ham o‘z loyihalari bilan faol ishtirok etishmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, ko‘rgazma ishi ertaga, 10-sentabr kuni ham davom etadi.