Tabiat bizni o‘rab turgan butun borliq, kishilarning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish manbaidir. Shunday ekan, uni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish bizning muhim burchimiz.
Tabiatni asrash, uni saqlab qolish, “Qizil kitob”ga kiritilgan jonzotlar naslini ko'paytirish, hayvonlarni tabiatga taʼsir ko‘rsatishi va yoshlarni tabiatni asrashga chorlash maqsadida TerDU Tabiiy fanlar fakultetida “Yoshlar o‘rtasida – hayvonlar shafqatsizligini oldini olish va hayvonlarga mehr beramiz” nomli tadbir tashkil etildi.
Unda fakultet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Normurodov, universitet profilaktika inspektori, mayor D.Allanazarova hamda Zoologiya kafedrasi dotsenti A.Bekmurodov, Biologiya, Geografiya va Tuproqshunoslik ta'lim yo‘nalishlarining 1-kurs talabalariga tabiatni asrash, hayvonlarga mehr berish haqida maʼruza qilishdi.