Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Muzeylar haftaligi” doirasida Ijtimoiy fanlar fakultetiga qabul qilingan 1-kurs talabalari “Tarix va madaniyat muzeyiga” sayohat qilishdi.
Ushbu muzey Termiz shahrining koʻrkiga koʻrk qoʻshish bilan birga aholi, shu jumladan, yoshlarimizni tariximizga, milliy urf-odat va anʼanalarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
“Tabiat”, “Arxeologiya va tarix”, “Tasviriy sanʼat”, “Mustaqillik davri” hamda “Etnografiya” singari 5 ta boʻlimdan iborat, Uning fondida 16 ta yoʻnalishda 61 ming 325 ta eksponat mavjud boʻlib, shundan, 3150 ta eksponat noyob ashyo va kolleksiyalar sirasiga kiradi. Bu yerda saqlanayotgan nodir eksponatlardan xalqimizning ming yillik anʼanalari, qadriyatlarini oʻrganish mumkin.
Talabalar muzeydan katta taassurotlar bilan qaytishdi.