2022/2023-o‘quv yilida talabalikka qadam qo‘ygan yoshlarni universitet hayotiga tezroq moslashishiga ko‘mak berish maqsadida bugun TerDUda “Orientation Week” loyihasining 4-kuni bo’lib o’tdi.
Loyihaning 4-kuni Tabiiy fanlar fakultetida tashkil etildi. Unda TerDU Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev, fakultet dekani A.Xurramov, TerDU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilot yetakchisi I.Tolipov hamda 1-kurs talabalari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda loyiha doirasida o‘tkaziladigan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, yoshlar uchun ajratilgan grantlar, yaratilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan yangi loyihalar to‘g‘risida maʼlumotlar berib o‘tildi.