TerDU: tanishtiruv haftaligi davom etmoqda

Yangi o‘quv yilida talabalikka qadam qo‘ygan yoshlarni universitet hayotiga tezroq moslashishi hamda unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan tanishtiruv haftaligida Milliy libos va sanʼat fakultetining Texnologik ta'lim yo'nalishi talabalari ham ishtirok etishmoqda. 

Bugun haftalik doirasida talabalar Axborot resurs markazida bo‘lishdi. Kutubxona faoliyati bilan tanishib, o‘zlariga kerakli adabiyotlarni ushbu markazdan topishlari mumkinligi haqida aytib o‘tildi.

Shuningdek, Qatag‘on qurbonlari muzeyida bo‘lishib, O‘zbekistonimizning o‘tmishi, mustaqillikka qadar xalqimizning boshidan kechirganlari, ozodlikka erishgandan so‘ng yurtimiz hayotida amalga oshirilgan islohotlar haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 49

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 68

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 48

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil