Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetida 2022/2023-o‘quv yilida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 250 nafarga yaqin yoshlar talabalikka qabul qilindi.
.jpg)
Bugun fakultet dekani, kimyo fanlari doktori, professor X.To‘rayev hamda fakultetning professor-o‘qituvchilari birgalikda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” mavzusida 1-kurs talabalariga “Mustaqillik” va tanishtiruv darsi bo‘lib o‘tishdi.

Unda vatanimizda 31 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, milliy qadriyatlarimiz urf-odatlarimiz, dunyo tamaddunida O‘zbekistonimizning tutgan o‘rni, fan, taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bundan tashqari universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning tartib-intizomi hamda dars mashg‘ulotida o‘zini tutishi haqida so‘z yuritildi.

Bizni kuzatishda davom eting!