Termiz davlat universitetiga talabalikka tavsiya etilgan yoshlar ta'lim dargohida hayajon, umid va aniq maqsadlar bilan tanishtiruv haftaligini, mustaqillik darslarini boshlashdi.

Yangi oʻquv yili “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” mavzusida “Mustaqillik darslari” bilan davom etmoqda.
.jpg)
Mustaqillik darslarida talabalarga mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik, taʼlim tizimidagi islohotlar xususida soʻz yuritildi. 31 yillik tariximiz davomida qо‘lga kiritilgan yutuqlar, Prezidentimiz rahbarligida xalqning farovon hayotini ta’minlash, olib borilayotgan keng kо‘lamli islohotlar tо‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.