Termiz davlat universiteti talabalarining TTJga joylashishi uchun yengillik va qulaylik yaratish maqsadida imtiyoz va imkoniyatlar yaratildi.
Oliygohda TTJga joylashish uchun maxsus http://ttj.tersu.uz/ platformasi orqali ariza topshirish yo‘lga qo‘yildi. TTJ uchun bir oylik to‘lov miqdori 135 ming so‘m etib belgilandi.
Endilikda talabalar turar joylariga ehtiyoji bor talabalar online shaklda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ariza yuborishi mumkin. Arizalar tegishli fakultet ishchi guruhlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.