2022-2023 o‘quv yili O‘zbekistondagi 10 130 ta maktablarda “Mustaqillik dars”lari bilan boshlandi.
Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov Termiz shahridagi 10-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yilini boshlanishi hamda “Yangi O‘zbekistonda el aziz aziz, inson aziz!” shiori ostida “Mustaqillik darslari”da ishtirok etdi.
Mustaqillik darslarida o‘quvchilarga mamlakatimizda 31 yil davomida erishilgan yutuqlar, prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ta’limdagi islohotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati va boshqa bir qator ko‘rsatgichlar hamda erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, 1-sinfga qabul qilingan jajji bolajonlarga rektor ishtirokida Prezident sovg‘asi topshirildi.