TerDU rektori A.Maraximov ikkinchi oliy taʼlim shaklida oʻqish istagida universitetga hujjat topshirgan abituriyentlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Unda sakkizta taʼlim yoʻnalishidagi talabgorlar ishtirok etishdi.
Rektor oʻz soʻzida mamlakatimizda taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan sharoitlar xususida alohida toʻxtalib, universitet Kengashining qaroriga asosan barcha talabgorlar imtixonsiz, yaʼni suhbat asosida oʻqishga qabul qilinishini maʼlum qildi.

Bunday imtiyoz va imkoniyat uchrashuv ishtirokchilarini mamnun etdi.
Uchrashuv davomida universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ikkinchi oliy taʼlim shaklida tahsil olish tartibi boʻyicha maʼlumotlar berilib, abituriyentlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytarildi.