Inson huquqlari har narsadan ustun!

Bugungi kunga kelib mamlakatimiz o‘z mustaqil taraqqiyot yo‘lining oʻttiz bir yilligini nishonladi.Tarix oldida bu muddat kiprik qoqqanchilik lahzalarga teng davr hisoblanadi. O‘tgan yilllar mohiyatan yurtimiz tarixida o‘ta mas’uliyatli va sharafli davrni tashkil etdi. Shu davr mobaynida har birimizning hayotimizda, mamlakat taqdirida muhim va keskin o‘zgarishlar yuz berdi, turmush tarzimiz o‘zgarib, o‘zligimizni anglay boshladik. Qisqa davr ichida davlat va jamiyat qurilishida, huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, eng muhimi odamlarimizning ongu-shuurida tom ma’noda yangicha qarash va yangicha fikrlash tuyg’usi shakllanib ulgurdi.

Insonni ulug‘lash, uning huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda har tomonlama kamol toptirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda bosh omil qilib olindi.

Mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida inson manfaatlarini himoya qilish, kuchli ijtimoiy himoyaning huquqiy asoslari yaratilib, mustahkamlanib borilmoqda. Bu tamoyillar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qabul qilingan qonunlarda o‘z aksini topmoqda.

Bizda “Inson manfaatlari — hamma narsadan ustun” va “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyillari asosida fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, huquqiy va qonuniy manfaatlari taʼminlanayotgani Yangi Oʻzbekistonimizda keyingi yillarda olib borilayotgan insonparvarlik siyosati dunyo hamjamiyatida eʼtirof etilayotgani barchamizni birday quvontiradi, gʻayratimizga gʻayrat, shijoat qoʻshadi.

Inson uchun hamisha uning huquqi, erkinligi va qonuniy manfaatlaridan muhim qadriyat boʻlmagan. Mamlakatimizda aynan bu borada keng koʻlamli demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda. Hech kimga sir emas, bir necha yillar muqaddam Oʻzbekistonda inson huquqlari holati xalqaro hamjamiyat va tashkilotlar tomonidan qattiq tanqidga olinar, bu nafaqat yurtimiz nufuziga, balki mamlakatimiz iqtisodiy rivojiga ham salbiy taʼsir koʻrsatar edi.

Bugun yuksak iftixor bilan shuni alohida taʼkidlash oʻrinliki, joriy yilgi global soʻrov natijalariga koʻra, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga molik 15 ta muhim islohoti qatorida, “Inson huquqlari kafolatlari kuchaytirildi, majburiy mehnat, shu jumladan, bolalar mehnati tugatilganligi” alohida qayd etib oʻtilgan.

Jumladan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirlikligi tashkil etildi. Mamlakatimizda ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim joriy etilib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagilar bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yildi. Aholining kam ta’minlangan va zaif qatlamlarini ijtimoiy yordam tizimiga kiritish va ularning mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida muntazam ishlar olib borilmoqda.

Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirilib, mamlakatimiz aholisi, eng avvalo, yosh oilalar, uy-joyga ehtiyoji bor fuqoralarni yashash sharoitini yaxshilash maqsadida imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratilib shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurilib topshirilmoqda. Keyingi besh yilda yurtimizda, ipoteka dasturlari doirasida, 140 mingdan ortiq uy-joylar barpo etilganligini alohida taʼkidlash lozim. Shaxsiy turar joyga ega boʻlish koʻpchilik uchun bir orzu edi. Oʻz xonadoniga ega boʻlish mehnat samaradorligiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Nogironligi bor yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning qo‘llab-quvvatlanishi yurtimizda inson qadri har narsadan ustunligidan dalolatdir. Bugungi kunda O‘zbekistonda davlat byudjyeti hisobidan ijtimoiy sohaga qariyb 60 foiz mablag‘ ajratilmoqda. Avval nogironligi bor bolalarni maxsus internatlarga joylashtirish normal holat bo‘lgan bo‘lsa, hozirda dunyo miqyosida barcha narsa inklyuziv model asosida tashkil qilinmoqda: ya'ni nogironligi bor bolalarning ijtimoiy hayotga moslashtirish o‘z oilasida, oddiy umumta'lim maktablarida, yordamchi pedagog yoki maxsus sinflar orqali inklyuziv ta'lim berish yordamida amalga oshirilmoqda. Nogironligi bor bolalarning ota-onasiga maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan ijtimoiy xizmatlar, reabilitatsiya markazlari, ota-onalarning bir-biriga ko‘mak berish guruhlari yordam bermoqda.

Bugungi davrda Yangi O‘zbekiston “Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat” degan muhim g‘oya negizida barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari belgilab bergan bu ulug‘vor maqsad asosida xalqimiz yangidan-yangi islohotlarning haqiqiy muallifiga aylanib bormoqda. Iqtisodiyotimiz tarmoqlari va tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda, aholi daromadlarini ko‘paytirish, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirishga qaratilgan muhim ishlar jadal davom etmoqda. Ijtimoiy sohalar, ayniqsa, sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya va ilm-fanni rivojlantirishga barcha resurslar jalb etilmoqda.

Bu kabi islohotlardan koʻzlangan maqsad bitta: fuqarolarimiz haq-huquqlarini himoya qilish, ularning farovon turmush tarziga koʻmaklashishdan iborat. Bu islohotlarning barchasi Mustaqillik sharofati, Istiqlolning bizga bergan tuhfasidir. Albatta bu oʻzgarishlar fuqarolarimizning har bir yangilanishga daxldor tarzda yashashga undaydi.

Inobat Karimova

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 49

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 68

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 48

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil