Mustaqil buyuk neʼmat

Jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 31 yil to‘ldi. Istiqlol el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishining mustahkam zaminidir.

Mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi. Mamlakatimiz mutaqilligining yana bir yilini nishonlash arafasida, o‘tgan davr mobaynida bosib o‘tilgan murakkab yo‘limizga yana bir bor nazar tashlash, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilgan ishlar, erishgan natijalarni xolisona baholash va ularning mohiyati va ahamiyatini keng jamoachilik, butun xalqimizning ongi shuuriga yetkazish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, ertamiz egalari boʻlmish yoshlarga mislsiz imkoniyatlar eshigi ochilganini alohida eʼtirof etmasak, boʻlmaydi.

Davlatimiz rahbari “Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda, sizlarning g’ayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko‘nglim tog’day ko‘tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman”, deya yoshlar yurtning kelajak taqdirini belgilab beruvchi asosiy kuch ekanligini alohida ta’kidlagan edi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi va ko‘magi asosida mamlakatimizda yoshlar siyosati mutlaqo yangi bosqichga olib chiqilishi ham bejiz emas, albatta.

Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog’liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri boʻldi.

Shu sababdan, mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda.

O‘tgan davrda yoshlar siyosati samaradorligiga doir 80 ga yaqin qonun va qonunosti hujjati qabul qilindi. 2016-yil 14-senabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g’risida”gi qonuni, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, 2019-2023-yillarga mo‘ljallangan “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi”, 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan “Kitobxonlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi” shular jumlasidandir.

Nafaqat yoshlar siyosati, balki aholini ijtimoiy himoya qilish, iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan eski boshqaruv tizimidan voz kechib, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tilgani, pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakati uchun yo‘l ochib berilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash, inflyatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolish, eng muhimi, xalqimizning hayot sifati darajasini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ayniqsa, tashqi savdo, soliq va moliya siyosati liberallashtirilganligi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash tizimi yaratilganligini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirish ta’minlanganligi, aholi turmush darajasini oshirish va kambag‘allikni kamaytirish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida tan olinib, yangi va munosib ish o‘rinlari yaratish, aholini malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash holati yaxshilanganligi davlatimizni rivojlangan davlatlar qatoridan ildam dadil odimlashiga, jamiyatimiz rivojining keyingi muhim bosqichlariga o‘tishga mustahkam poydevor bo‘lmoqda. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash lozim-ki, xususan, kelgusi yillarda mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida qator strategik vazifalar belgilangan bo‘lib, yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, biznes muhiti va zarur infratuzilmalarni yaratish bo‘yicha islohotlarni davom ettirish, kambag‘allikni ikki barobar qisqartirish, hududlarni rivojlantirish va agrar sohani rivojlantirishga oid vazifalarga alohida urg‘u berilganligi e’tiborga molikdir, bu bir tomondan byudjet daromadlarini oqilona shakllantirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, byudjet xarajatlarining samarali sarflanishiga sabab bo‘ladi, pirovard natijada esa, mamlakatda iqtisodiy faollik ortib makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlanishi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmining oshishi, boring-ki milliy iqtisodiyotimizning ustunlarining barqaror bo‘lishiga, bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizning iqtisodiy farovonligini oshirishga dasturilamal bo‘lishi shubhasizdir.

Bugun Oʻzbekistonning oʻz yoʻli bor, maqsadi aniq, ertasi bugunidan-da, nurli. Shiddat bilan rivojlanayotgan mamlakatimiz ravnaqi har bir sohada oʻz aksini topmoqda. Mustaqil demokratik yoʻldan dadil odimlayotgan Oʻzbekistonda, ayniqsa, inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Shu mustaqil yurt, uning bagʻrida umrguzaronlik qilayotgan baxtiyor insonlar, barchangizga bayram muborak! Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin.

Inobat Karimova

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 49

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 68

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 48

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil