Termiz davlat universitetiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ta'lim muassasalarining yangi 2022/2023 oʻquv yiliga tayyorgalik holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhi tashrif buyurdi.
Ishchi guruh tomonidan oliygohdagi o‘quv binolar, auditoriyalar, shuningdek, talabalar turar joylarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatlari o‘rganildi hamda laboratoriyalardagi asbob-uskunalarning ishchi holatda ekanligi ko‘zdan kechirildi.
Kuzatilgan kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.