O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022\2023- o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to’g’risida” joriy yilning 15-iyuldagi 279- son qaroriga muvofiq mamalakatimiz oliy ta’lim muassasalarida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o’qishni ko’chirish bo’yicha ro’yxatdan o’tgan fuqarolar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Shu jumladan, bugun Termiz davlat universitetiga 2022/2023 oʻquv yilida xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishini koʻchirish uchun hujjat topshirgan talabalarga 4 ta ta’lim yo’nalishida kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo’lib o’tdi.
Joriy yilda TerDUga o’qishni ko’chirish bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan talabalar jami 147 nafarni tashkil etadi. Shulardan:
1. Jismoniy ma’daniyat (kunduzgi, sirtqi) ta’lim yo’nalishiga 128 nafar;
2. Sport faoliyati: kurash (kunduzgi) ta’lim yo’nalishiga 7 nafar;
3. Musiqa ta’lim (sirtqi) ta’lim yo’nalishiga 11 nafar;
4. Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi (sirtqi) taʼlim yoʻnalishiga esa 1 nafar talab hujjat topshirgan.
Kasbiy ijodiy imtihon jarayonlarini http://imtihon.tersu.uz/ sayti orqali talabalarning ota-onalari va yaqinlari salqin hamda shinam auditoriyada jonli kuzatib borishdi.
Endilikda o’qishini davlat OTMsiga ko’chirmoqchi bo’lgan talabalarga kasbiy(ijodiy) imtihonni topshirgan talabalar 23-25-avgust kunlari test sinovlari bo’lib o’tadi.
Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 20 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.
Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun mutaxassislik fanlarida 3,15 balldan, majburiy fanlarda 2,1 balldan beriladi.