Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Аholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yoʼnaltirilgan tizimli choralar koʼrildi.
Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov hamda Termiz shahar prokurori vazifasini bajaruvchi 1-darajali yurist S.R.Alimov boshchiligida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Unda TerDU Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor O. Abdug‘aniyev, Moliya-reja bo‘limi xodimlari, bosh auditor, buxgalteriya bo‘limi xodimlari, moddiy javobgar shaxslar ishtirok etishdi.
Mazmunli suhbat jarayonida korrupsiya va huquqbuzarliklar to‘g‘risida ma’lumotlar aytildi, korrupsion harakatlar natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Mavzu yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.