PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
TerDU Boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi Djumayeva Hulkarxon Muhammadjonovnani Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.78/03 raqamli Ilmiy kengashning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarni globallashuv jarayonida ichki tahdidlardan himoyalash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertasiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Hulkarxon Muhammadjonovnani ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimalarining safi kengayaversin!

Bizni kuzatishda davom eting!